Янгиликлар /

«MYU» Zaxa uchun kurashda!

Мақола нашр қилинди

«KristalPelas» klubining 20 yoshli hujumchisi Vilfrid Zaxa, kecha birinchi martaAngliya terma jamoasida debyut qildi va shundan so‘ng «Manchester Yunayted»qiziqish doirasidan joy oldi.

Ushbu iqtidorli futbolchi uchun Aleks Ferguson «Tottenxem», «Arsenal», «Liverpul»,«Manchester City» va «Real» klublari bilan kurash olib borishga tayyor.

«Manchester Yunayted» yanvardanoq «Kristal Pelas» klubiga ushbu futbolchi uchuntaklif bilan chiqmoqchi. Zaxaning hozirgi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2013-yilda yakunlanadi va u keyingi mavsumni «qizil iblislar» libosidaboshlashi mumkin.

Aytish joizki, ushbu mavsumda Zaxa 17 o‘yinda 4 ta gol urib 3 ta golgaassistentlik qildi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.