Dastavval «Manchester Yunayted»da porlagan, so’ng «Fulhem»,«Everton», «Sanderlend», «Latsio» muxlislarining sevimlisi bo’lgan, bir muddat Frantsiyaterma jamoasi o’yinlarida muntazam ishtirok etgan hujumchi Lui Saa «butsalarinimixga ilishi» haqida e’lon qildi.
«Men o’zim bilanbirga ishlagan barcha murabbiylarga, faoliyatim davomidagi barcha sheriklarim varaqiblarimga, sevib-ardoqlagan muxlislarimga cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman.
Hozir o’zimdanfaxrlanishim mumkin, ammo sizlarsiz bunga erisholmasdim. Ta’limingiz uchun, yordamlaringizva qo’llovlaringiz uchun rahmatlar aytaman.
Barcha futbolchilargao’zim bilan kechayotganidek ko’ngilli yakun tilayman.
Yanabir bor rahmat, sizni sevguvchi Lui» — deb fikr qoldiradi u o’z tvitter sahifasida.
Eslaymizki, Lui Saa «Manchester Yunayted» safida 2 martaAPL g’olibi bo’lib, 1 martadan Angliya Kubogi, Liga Kubogi va Chempionlar LigasiKubogini qo’lga kiritgan. 2006 yilgi Jahon Chempionatida esa Fransiya terma jamoasibilan kumush medallarga ega bo’lgandi
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.