Янгиликлар /

Enrikes: Superkubok — o’ziga xos musobaqa

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» klubi hujumchisi Anxelo Enrikes, o’zining birinchi jamoa tarkibida debyutuchrashuvi haqida to’xtalib o’tdi.

Chili termajamoasi a’zosi 19 yoshli hujumchimiz «AIK» klubiga qarshi bahsda jarohat olgan Naniningo’rniga maydonga tushirildi va ikkinchi bo’limda jamoamiz yagona goliga mualliflikqildi.

Enrikes o’yindanso’ng juda baxtiyor edi va o’yin borasida fikrlarini bildirib, qo’lidan kelganichamahoratini ishga solishga harakat qilishini aytdi.

«Birinchi jamoatarkibida harakat qilib o’z nomimga gol yozdirib qo’yish, bu men uchun buyuk onlarbo’ldi» — deydi Enrikes klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

«Birinchi jamoabilan birgalikda mashg’ulot va birga vaqt o’tkazish bu fantastika. Men ulardan ko’pnarsa o’rganmoqdaman».

Enrikes shuningdekhali David Moyes bilan «Old trafford»da qoladimi yoki bo’lmasa o’tgan mavsumningikkinchi qismida «Uigan» klubida to’p surgani kabi ijarada to’p suradimi bu to’g’risidahali gaplashib ko’rmaganligini aytdi.

Chililik hujumchio’tayotgan daqiqaning har bir onidan lazzat olayotganini va Angliya Superkubogiuchun «Uigan»ga qarshi kechadigon bahs u uchun muhim ahamiyatga ekanligini ta’kidladi.

«Uigan» meningqalbimda muhim joy olgan va bu uchrashuv men uchun muhim ahamiyatga ega. Men uchrashuvniintiqlik bilan kutmoqdaman va umid qilamanki biz kerakli natijani qo’lga kiritaolamiz» — deya qo’shimcha qildi.

«Mening «Uigan»klubida o’tkazgan vaqtlarim mening foydamga xizmat qildi. Men katta tajriba to’pladimva birinchi jamoaning boshlang’ich tarkibda muhim Premer Liga hamda Angliya Kubogibahslarida maydonga tushish nima ekanligini his qildim. Eng asosiysi, men PremerLiga dunyodagi eng yaxshi chempionatlardan biri ekanligini bildim. Bu erda har biruchrashuvda maydonda bor kuchingni berib harakat qilishing zarur».

«Men oldinga qarab borishni xohlayman, buning uchunmashg’ulotlarda men qo’limdan kelganicha ishtirok etib borishim zarur» — deydi Enrikes
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.