Янгиликлар /

«Qizil iblislar»ning terma jamoalardagi yurishi

Мақола нашр қилинди

Premyer Liga startiga uch kun qolganida«Manchester Yunayted» futbolchilari terma jamoalarida so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘tagan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Shinji Kagava Urugvay erma jamoasiga qarshi kunchiqar respublika tarkibida maydonga tushdi. Baxsni to‘iq o‘tkazgan Shinji termasining ikkinchi goliga mualliklik qildi, ammo qitʼadoshlarimiz okean ortidan tashrif buyurgan terma jamoani mag‘lub eta olishmadi 2-4.

«Yunayted» safida debyut o‘yinidayoq gol muallifiga aylangan Anhelo Enrikes Chili termasining Iroqqa qarsh o‘rtoqlik uchrashuvidagi oltinchi goliga mualliflik qildi.
Potugaliya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida Robin van Persi maydonda 58 daqiqa harakat qildi va ushbu daqiqadan o‘z o‘rnini Klas yan Huntelarga bo‘shatib berdi. Fransiya termasi safida esa Patris Evra Belgiyaga qarshi o‘yinda zahirada qoldi.
Angliya termasi 80 000 ming muhlis qarshisida Shotlandiyani qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Uchrashuv startini«Yunayted»ning 3 nafar futbolchilari: Tom Kleverli, Deniel Uelbek va Ueyn Runilar boshlab berishdi, Uilfrid Zaa va Fil Jonslar75 va 84 daqiqada maydonga tushishdi.«Qizil iblis»lar o‘z hisoblariga 1 gol va 1 gollik pasni yozib qo‘yishdi (3-2). Tom Kleverli Angliyaning 1 goliga asissentlik qilgan bo‘lsa Deniel Uelbek ikkinchi gol muallifli bo‘ldi. Ueyn Runi esa Tom Kleverli bilan o‘yinda 67 daqiqa to‘p surishdi. Kris Smolling esa zahirada qoldi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.