Янгиликлар /

Transfer 2013

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi «Real Madrid» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil transferi borasida rasmiy taklif bilan chiqmoqchi.

«ManchesterYunayted» 40 million funt evaziga Germaniya terma jamoasi aʼzosini qo‘lgakiritishga tayyor, deya xabar beradi Punto Pelota.

Ispaniyachempionati-2012/13 mavsumida O‘zil 32 uchrashuvda 9 ta gol urgan va 15 tagolga assistentlik qilgan.

Shuningdek, The Daily Mail va The Telegraph nashrlariningxabar berishicha «Manchester Yunayted» rahbariyati «Anji» yarim himoyachisiVillian uchun kechayotgan kurashga qo‘shildi. Mankunianliklar futbolchi uchun 30 million funtto‘lashga rozi bo‘lganlar va bu borada «Liverpul» va «Tottenxem»ni ortdaqoldirmoqchilar.

Villianningo‘zi ham «MYu» tomonidan bildirilgan taklifni qabul qilishga qiziqmoqda. Eslatibo‘tamiz, biroz vaqt muqaddam «Manchester Siti» klubi ham Villian borasidarasmiy taklif bilan murojaat qilgani xabar qilingan edi.

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi murabbiylarshtabi, klub «Barselona» jamoasi yarim himoyachisi Sesk Fabregasni xarid qilaolishidan umidini uzmagan, deya xabar beradi ispan matbuoti. Shu sabab,mankunianliklar rahbariyati so‘nggi urinishga qo‘l urmoqchi va Ispaniya termasifutbolchisi uchun 48 million yevro taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ko‘k-anorliklar ustozi Xerardo Martinoyaqin mavsumda Fabregas bilan hayrlashmoqchi emasligini maʼlum qildi. Futbolchiningo‘zi ham «Barselona»da to‘p surishda davom etmoqchiligini maʼlum qildi. Shungaqaramay, ingliz klubi vakillari, o‘yinchida «Barselona» uchun to‘p surishdadavom etish maqsadga muvofiqligi borasida shubhalari borligiga amin.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.