Янгиликлар /

Villash Boash: Bu faqat «MYu»ning qo’lidan keladi

Мақола нашр қилинди

«Tottenxem»bosh murabbiyi Andre Villash Boash klub mavsumlar oralig’idagi haridlardan so’ngham Angliya premer ligasida chempionlik uchun kurashishga tayyor emas, deb hisoblaydi.Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

«Chempionlikkada’vo qilamiz, degan fikrga qo’shilmayman. Hamma narsa bo’lishi mumkin. Hozir ko’pnarsa o’zgarib ketyapti.

Biz hozir yangikelgan futbolchilar bilan hammamiz bir jamoaga aylanishimiz kerak. Birga ishlayotganimizgako’p vaqt bo’lgani yo’q, lekin umid qilamizki, tez orada bunga erishamiz.

Bir mavsumdato’rtta sovrin? Bu haddan ortiq murakkab. Angliyada bu faqat «MYu»ning qo’lidankelishi mumkin.

Bir mavsumda to’rtta sovrinni hali hech kim qo’lga kiritmagan.Hozircha bu haqda faqat orzu qilish mumkin, lekin kelajakda bunga erishishni xohlayman.Biz juda kuchli jamoa quramiz», dedi portugaliyalik mutaxassis
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.