Янгиликлар /

Martines: Ko’proq narx taklif etishing lozim

Мақола нашр қилинди

«Everton» boshmurabbiyi Roberto Martines «Manchester Yunayted» tomonidan Maruan Fellayni va LeytonBeynsni sotib olish harakatlari haqida aytib o’tdi.

«MYu» ikkalafutbolchi uchun umumiy miqdorda 28 million funt taklif qildi. Keyinroq 35 millionliktaklif haqida xabar chiqdi.

«ManchesterYunayted» transferlarni mana shunday tarzda hal qilganini eslay olmayman. Agar senfutbolchini sotib olmoqchi bo’lsang jimgina o’z ishingni qilasan, balki ularninguslubi o’zgargandir.

Fellayni vaBeyns borasida yangi taklif olishimizga ishonmayman. Buni taklif deb ham bo’lmaydi,sababi bu narx futbolchilarning asl narxidan juda ham kam.

Men futbolchilarga aniq bir narx qo’ymoqchi emasman,umuman ularni sotishni ham istamayman. Shunchaki sen boshqa klubdan futbolchi sotibolmoqchi bo’lsang, o’sha klub futbolchi uchun sarflagan pulidan ko’proq narx taklifetishing lozim», – deydi Martines
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.