Янгиликлар /

Nistelroy: SAF qo‘li ostida to‘p surganidan minnatdor

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» tarkibidan 219 o‘yinda maydonga tushib150 gol urgan niderlandiyalik hujumchi Rud Van Nistelroy Ser Aleks Fergyuson qo‘liostida «qizil iblislar» tarkibida to‘p surganidan minnatdor ekanligini aytib o‘tdi: «Bu davrni eslash maroqli. Ayniqsa hozirgacha jamoani ushlab turgan murabbiyga chuqurhurmat bildirish lozim. Aynan u tufayli biz shu darajalarga yetishganmiz. Men buyerda ajoyib besh yilimni o‘tkazganman va hurmatimni bajo keltirish kerak. Ser Aleksmenga bergan imkoniyatlari uchun undan juda ham minnatdorman».

Manba: fk.uz

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.