Янгиликлар /

Tanishing: Maruan Fellayni Bakkiui

Мақола нашр қилинди

Maruan Fellayni Bakkiui (Marouane Fellaini-Bakkioui) – kelib chiqishi marokashlik, Belgiya fuqarosi. 1987 yil 22 noyabrdaBelgiyaning Etterbek shahrida tug‘ilgan. Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

Proffesional faoliyatini dastlab Belgiyaning «Standard» (Lej) jamoasida to‘p surgan. 2006-2008 yilgi mavsumlar davomida jamoa tarkibida 84 uchrashuvda maydonga tushib, 11 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

2008-2009 mavsumda Angliyaning «Everton» jamoasi yarim himoyachini 15 mln. funt sterlingga harid qilib olgan. 2008-2013 yillar davomida Fellayni jamoa tarkibida Angliya Premer ligasi doirasidagi 141 uchrashuvida maydonga chiqib, 25 bor gol urishga erishgan. So‘ngi yillarda «Everton» jamoasining haqiqiy yetakchi o‘yinchisiga aylangan edi.

Belgiya terma jamoasi turli yoshdagi tarkiblarida maydonda to‘p surgan. Asosiy terma jamoa tarkibida bugungi kunga qadar 40 ortiq uchrashuvda maydonga chiqib 7 gol urgan. Terma jamoa tarkibida 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.

2013 yil sentyabr oyida Maruan Fellayni «ManchesterYunayted» jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Endilikda u jamoa tarkibida 31 raqamda to‘p suradi.

Bo‘yi: 194 sm.
Vazni: 83 kg.
Maydondagi ampulasi: asososan markaziy yarim himoyada to‘p suradi. Hujumlar tashkil qilishda va raqib xujumlarini bartaraf qilishda faol.
Ustun taraflari: Jismonan baquvat, to‘pni yahshi nazorat qila oladi, to‘p bilan bo‘ladigan ikkinchi qavatdagi kurashlarda ustun.
Kamchiliklari: biroz qiziqqon, uzoq masofadan kam zarba beradi.
Yutuqlari: «Standard» (Lej) tarkibida
  • Belgiya chempioni: 2008 yil
  • Belgiya chempionati bronza medal sohibi: 2007 yil
  • Belgiya Kubogi finalchisi: 2007 yil
  • Belgiya Superkubogi sohibi: 2008
«Everton» tarkibida
  • Angiliya Kubogi finalchisi: 2009 yil
Shahsiy mukofotlari
  • Belgiya chempionatining Eng yahshi afrikalik futbolchisi: 2008 yil
  • «Everton» jamoasining yang yahshi yosh futbolchisi: 2009 yil
  • Angliya Premer-ligasining oyning eng yahshi futlochisi: 2012 yil noyabr
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.