«ManchesterYunayted» jamoasi himoyachisi Rio Ferdinand legionerlarga limit qo’yish haqida o’zfikrlarini bildirib o’tdi.
«Premer-ligadaingliz futbolchilarining kamligi terma jamoaga ham zarar keltirmoqda. Angliyadalegionerlarga limitini qo’yish kerak. Ko’pgina jamoalarda ingliz futbolchilari zaxiradao’tirishibdi. Biz bo’lsa bu erda Jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashmoqchibo’lib yuribmiz.
Menga Turkiyaningtizimi yoqadi. U erda bitta klubda 10dan ortiq legioner bo’lishi mumkin emas. Shuningdek,ushbu legionerlarning faqat 6tasini bitta o’yin qaydnomasiga kiritish mumkin.
Bilaman, Evropa qonunlari bunday cheklov qo’yilishigayo’l bermaydi. Ammo agar biz Angliya futbolini, uning kelajagini himoya qilmoqchibo’lsak, nimadir qilish kerak», — deydi Ferdinand
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.