Янгиликлар /

Nani: «Yunayted» mening uyim

Мақола нашр қилинди

Portugaliyalikvinger Luish Nani klub bilan yangi shartnoma imzolanganidan juda mamnunekanligini takidlab o’tdi. Nani ushbu oy avvalida klub bilan 5 yillik shartnomaimzoladi. Shartnomadan so’ng Luish bor e’tiborini o’yinlarga qaratayotganiniaytdi.

«Men judabaxtliman, — deya MUTVga Nani. — «Yunayted» safidagi o’tayotgan yillarim menuchun katta sharaf. Klub bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman. So’nggivaqtlarda bu mening eng muhim maqsadim edi. Endi bu haqida o’ylamasdan, e’tiborimnifaqat futbolga qarataman.

Faoliyatimdagieng yaxshi damlarim — bu klubga qo’shilganim. «Yunayted» — mening uyim! Menendi klubda uzoq vaqt qolishim va bu yerda oldingiday baxtli bo’lishimni xisqilyapman.

«Yunayted»dafaqat g’alaba haqida o’ylashingiz kerak, — so’zida davom etarkan futbolchi. –Bu mavsumda biz uchun asosiysi Angliya Premyer Ligasi va Chempionlar Ligasida g’olibbo’lish. Biz bu maqsadimizga erisha olishga qodirmiz deb o’ylayman».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.