Янгиликлар /

Moyes: Evraga o’rinbosar kerak

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» klubi bosh murabbiyi Devid Moyes Fabiu Koentrau va Leytona Beynsni PatrisEvraga o’rinbosar sifatida sotib olmoqchi bo’lganini aytdi.

«Bizning jamoadahali bu mavsumda maydonga tushmagan futbolchilar etarli. Agarda ularga e’tibor qaratsangiz,ularning ba’zilari Konfederatsiyalar Kubogida, yoki terma jamoalar o’rtasidagi o’rtoqlikuchrashuvlarida ishtirok etishgan va juda uzoq yo’ldan uchib kelishgan.

Agarda siz ba’zifutbolchilar nega maydonga tushmayotganliklari bilan qiziqayotgan bo’lsangiz, shuniayta olaman: bu futbolchilar o’yinlarga tayyor emasdilar.

Beyns yoki Koentrauni sotib olmoqchi edik, sababi Evragayaxshi o’rinbosar kerak. U juda ajoyib o’ynamoqda, biroq mavsumda 60-70 talab uchrashuvlarbo’lishi mumkin. O’tgan mavsumda Patris deyarli har bir uchrashuvda maydonga tushganedi. Agarda u mabodo jarohat olsa, bizga uning chizig’ida kuchli futbolchi kerak»,– deydi Moyes
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.