Янгиликлар /

The Daily Mail: «Borussiya» Kagavani qaytarmoqchi

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra Dortmundning «Borussiya» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaga yaponiyalik yarim himoyachi Shindzi Kagavani qaytarib olib kemoqchi. Lekin Shindzini qo‘lga kiritish uchun himoyachi Neven Subotichdan voz kechmoqchi emas. «Yunayted» avvalroq Subotichga qiziqish bildirgan edi.
Britaniya nashri «Borussiya» trenerlar shtabiga yaqin bo‘lgan manbadan quyidagilarni iqtibos keltirgan: «Yurgen Kagavani qaytarish borasida ko‘p bora gapirdi, u uchun jamoa eshiklari doimo ochiq. Uning o‘zi buni hohlasa bo‘lgani. «Manchester Yunayted»da u hozir kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda».
«Subotichni esa «Yunayted» o‘z safida ko‘rmoqchi. Klopp Nevenni ham qo‘ldan chiqarmoqchi emasa. 24 yosh bo‘lishiga qaramay jamoaning tajribali aʼzosi hisoblanadi»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.