«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi «Galatasaroy» klubi ustidan qozonilgan g‘alaba(1:0)ga izoh berdi.
«Birinchi bo‘limda biz to‘pni raqibga oson oldirib qo‘yaverdik, ular yaxshi qarshi hujumlar uyushtirishdi. Ikkinchi bo‘limda bo‘lsa himoyada yaxshiroq harakat qildik, bizda ham imkoniyatlar ko‘p bo‘ldi.Yaxshi o‘yin guvohi bo‘ldik, musobaqani muvaffaqitli tarzda ochdik. «Galatasaroy» to‘p bilan ko‘p muomila qildi, ammo o‘z imkoniyatlaridan ular foydalana bilishmadi.
Birinchi o‘yinda uch ochko olish qiyin vazifa, ayniqsa o‘tgan mavsumni eslasak», – deydi Fergyuson.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.