Янгиликлар /

Runi «Liverpul»ga qarshi maydonga tushmaydi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliya chempionatining 5-turidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yinda o‘z jamoasiga yordam berolmaydi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Aleks Fergyuson maʼlum qildi.

«Men Runi «Liverpul» bilan o‘yingacha safga qaytishi haqidagi yangiliklarni o‘qidim. Bu noto‘g‘ri. Lekin Ueyn tiklanishdan unchalik ham uzoq emas. U bilan keyingi hafta hammasi joyida bo‘ladi deb o‘ylayman», – deb Fergyusonning so‘zlaridan keltiradi Sky Sports.Eslatib o‘tamiz, Runi Angliya chempionatining 2-turidagi «Fulxem»ga (3:2) qarshi o‘yinida jarohatlangandi. Forvardning o‘zi sentyabr oxirigacha maydonga qaytmoqchiligini bildirgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.