Milliy termajamoalardagi uchrashuvlar tugaganidan so‘ng o‘tgan haftada uzoq kutganPremer-Liganing navbatdagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu tur mexmonlarningbari uchun omadsiz keldi, faqatgina «Tottenxem» raqib maydonida ishonchlitarzda uch ochkoni qo‘lga kirita oldi holos, «Manchester Siti» va «Chelsi»dekmusobaqa favoritlari bo‘lsa, raqiblar maydonida jangovor durangga rozibo‘lishga majbur bo‘lishdi. Qo‘l siqishlar, uzoq kutilgan adolatning qarortopishi, yangi nomlar va o‘zini eslatib qo‘ygan qariya futbolchilar – bularningbari bizning anʼanaga aylanib borayotgan Tur taqdim etgan etti fakt loyihamizda.
1. Roberto Di Matteoning so‘zlariga quloq solgan maqul
«KuinzPark Reyndjers»ning navbatdagi uchrashuvi yaqinlashar ekan, to‘g‘rirog‘i «Chelsi»gaqarshi bahsi, hech kim bu ikki klubni geografik jihatdan yaqin joylashgani boisprintsipial o‘yin guvohi bo‘lishni kutmadi. Hech bir muxlis va mutaxassis,KPRning vaqtida, «ko‘klarni» 6:0 hisobida yutganini eslamadi. Hech bir kishitarkiblardagi o‘zgarishlar haqida o‘yladi deb fikr bildira olmayman. Sababi boreʼtibor va harakatlar bittagina muamooga qaratilgan edi – Jon Terrining AntonFerdinand bilan uchrashuvi qay tarzda o‘tadi. Bu masala yuzasidan juda ko‘pgapirganmiz va yozganmiz, Terrini bo‘lsa fuqarolik sudi yaqinda oqlab chiqdi,ammo Angliya Futbol Assotsiatsiyasi uni tinch qo‘yishni istamayapti, baribir –mana shu 11 oy bitta savol berib Angliya futboli ishqibozlari yashashdi, Terriva Ferdinand bir-birining qo‘lini siqadimi.
Ammoular bir-birlari qo‘o‘llarini siqishni istashmadi. Ferdinandningsayi-harakatlari evaziga. Ammo bu juda muhimmidi? Balki bu bo‘lmag‘ur holatniesdan chiqarib, futbol haqida o‘ylash vaqti kelgandur? Aynan mana shu shiorbilan «Chelsi» bosh murabbiyi Roberto Di Matteo o‘yindan so‘ng intervyu berdi: «o‘ylashimchabularning bariga siz jurnalistlar, bir so‘z bilan aytganda, media aybdor,sizlar bu vaziyat chigallashishida katta rol o‘ynadingiz. Bu haqida shunchalikko‘p gapirib, yozdingiz-ki, futbolga eʼtiboringizni qaratsangiz bo‘larmidi,ahir biz ko‘proq futbolni sevamiz, bunday bo‘lmag‘ur holatlarni emas». Ha,uning so‘zlari ko‘p jihatdan to‘g‘ri va o‘ylaymanki sizning ham fikringiz uniso‘zlaridan so‘ng o‘zgardi.
2. Adolat hattoki 23 yildan so‘ng ham qaror topaveradi
Mazkurturda eng eʼtiborli voqeliklardan biri sodir bo‘ldi, futbol maydonida sodirbo‘layotgan voqealar bilan chambarchas bog‘liq, bu haqida hech nima demay o‘tibketa olmas edim. «Xillsboro» stadionida yuz bergan fojeaga mana sal kam chorakasr vaqt to‘ldi, mazkur fojea naq 96 «Liverpul» muxlisi hayotiga zomin bo‘ldi.Shu kungacha bu fojeal Sheffildda, mazkur holat aybdorlari iqtiqomat qiladiganjoyda yuz berganiga shubha qilmas edilar. Ammo bilish va ikkilanish – bu hammanarsa emas. Barcha ishlar o‘z nomlari bilan atalgani maqul va mazkur fojeasababchilari jazolarini olishdi – mayli, balki bu jazolar o‘lganlarni ortgaqaytara olmas, yangi kuni bo‘lsa mazkur klub muxlislari uchun "«yangi qorasahifa” sifatida ochilaveradi. Velikobritaniya Premer-ministri Devid Kemerono‘z taxminini rasmiy tarzda bayon qilgani uchun barchadan uzr so‘radi.Politsiya va futbolga aloqador kishilar ham mersisaydliklardan uzr so‘rashdi.Hattoki The Sun nashri ham hadeb mazkur mavzuga qaytishdek odatidan voz kechdi.
Bu«Liverpul» deya atalmish futbol oilasi va uning muxlislari uchun buyuk g‘alababo‘ldi. Hattoki klubning navbatdagi omadsiz o‘yini ham mazkur holatni tantanaqilishlarida halaqit bera olmadi, Stiven Jerrard bo‘lsa quyidagicha o‘yinyuzasidan intervyu berdi: «Liverpul» bugun barcha havas qiladigan o‘yinniko‘rsatib bera oldi». Brendan Rodjers jamoasi yangicha hujumchilarnijoylashtirishni sinab ko‘rdi (Borini hujum markazida to‘p surdi va unga golurish vazifasi yuklatildi, Suares biroz chaproqqa surildi, Sterling bo‘lsatezkor harakatlari sabab o‘ng qanotga surildi) biroq «Sanderlend»ni ular yutaolishmadi, shungaqa qaramay ular ajoyib futbol namoyish eta olishdi. «Liverpul»etarli darajada vaziyatlar yarata oldi, ularga g‘alaba qozonishga haqli edilar,ammo vaziyatlardan foydalansh yana va yana mersisaydliklarning eng asosiymuammolariga aylanmoqda. Ular bu muammoni iloji boricha tezroq hal qilmasalar,nafaqat mavsum boshini, balki butun boshli 38 ta turni omadsiz o‘tkazishlarihech gap emas.
3. Patrisu Evra kelajagi haqida o‘ylashni boshlab yuborsa hambo‘laveradi
Siremaski, so‘nggi bir nechta mavsum Patris Evra MYuning boshqa himoyachilaridanfarqli o‘laroq tanqidlar yomg‘irida ko‘proq sayr qildi – masalan doim hamyaxshi o‘yin ko‘rsatmaydigan Rafaelni zaxira o‘rindig‘iga o‘tkazish mumkin edi,ammo frantsiyaloik futbolchining o‘rniga maydonga tushadigan futbolchini topishancha qiyin ish edi, deyarli uni o‘rnini bosadgan chap qanot himoyachisimanchesterliklar safida yo‘q, bir so‘z bilan aytganda Evra MYu chap qanotidagegemoniyalik qilar edi. Hattoki ser Aleks Fergyuson Evrga taqdim etgansardorlik bog‘ichi ham unga o‘ziga bo‘lgan ishonchni taqdim eta olmadi. Bundantashqari, Evra jamoa vitse-sardoridan doimo gap eshitar edi, ha gap RioFerdinand haqida borayotganidan xabaringiz bor – Patris so‘nggi vaqtlarda ko‘pxatolarga yo‘l qo‘yayotgani barchamizga maʼlum edi. Ammo mavsumlar o‘tar ekanMYu chap qanotda sog‘lom raqobat yaratishga intildi. Yosh himoyachilar serAleksni hayron qoldira olishmadi, Leyton Beyns transferi haqidagi gap so‘zlarbo‘lsa mish-mishlar sifatida jurnallar sahifalarida qolib ketaverdi. Evraningchizig‘i huddi erishib bo‘lmas cho‘qqiga aylanib qolgan edi.
Busabab jamoaga 21 yoshli uchar golland Aleksander Byuttner olib kelindi, ammo butransfer muxlislarni mamnun etmadi, mutaxassislar bo‘lsa ser Aleksni tanqidqila boshlashdi. Aleksning o‘zi ham menimcha hayratda edi, – ha u yozdaAngliyaga ko‘chib o‘tmoqchi edi, biroq «Sautgempton» safiga, «ManchesterYunayted»ga emas. Bal o‘tkazilayotgan korablga tushib qolgan Byuttner «Uigan»gaqarshi uchrashuvda gol kiritdi va bitta golga assistentlik qildi.Gollandiyalikning golidan so‘ng rejisser Evraning zaxira o‘rindig‘idagiholatiga eʼtiborimizni qaratdi. Ha balki yangi futbolchining o‘yini haqidagapirishimizga ertadur, biroq Patris hozirdan tushunib etishi kerak, ungayaxshi maʼnoda haqiqiy raqib ulg‘aymoqda, agarda u ketishni istamasa, o‘zustida endi qattiq shug‘ullanmog‘i kerak.
4.«Arsenal» gol urishni biladi
«Kanonirlar»mavsumni ikki nol natijali durang bilan boshlashdi, hisobni ko‘rsatadigantablodagi nollarga barcha bor eʼtiborini qaradi va barcha «Arsenal» yaxshio‘ynamoqda, biroq Robina Van Persi bo‘lmasa bu jamoada hech kim gol ura olmaydidegan fikrga bordi. Ammo to‘g‘risini aytsak, bizning eʼiborimizni boshqa nolham o‘ziga qaratdi – o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati. Aynan mana shu nol vahimoyadagi ajoyib o‘yin, Arsen Vengerni orzusi edi va mna shu himoya o‘tganmavsum boshida londonliklarga etishmagan edi. Shunga qaramay «Arsenal»ning golkiritish qobiliyati hech qaerga yo‘q bo‘lib qolmagan, ular buni o‘tgan turdagi «Liverpul»ustidan qozonilgan 0:2 hisobidagi g‘alaba bilan isbotlab qo‘yishgan edi.
Barchamizgamaʼlumki, «Sautgempton» klubi himoya chizig‘i juda ham ishonchli emas vamenimcha hech kimga nisbatan bu himoyani o‘rnak sifatida ko‘rsata olmaymiz,ammo «Arsenal» jamoaviy o‘ylangan hujumlar natijasida mazkur himoyani yanadamavqeini tushirib yubordi. Kasorla juda nozik paslar berishda davom etaverdi,Podolski Jervino bilan ajoyib tandem hosil qildi, butun o‘yin davomida hattomutaxassilar ham bir to‘xtamga kela olishmadi, ularning qaysi biri hujummarkazida-yu, qaysi biri qanotda to‘p surmoqda. «Sautgempton» uchun hechbo‘lmaganda shirin anʼana davom etmoqda, ular bu mavsum birorta ham o‘yinnigolsiz tark etishmayapti – Manchester shahri vakillariga qarshi ikki uchrashuvva «Arsenal» bilan o‘yindagi gol — Naydjel Adkins shogirdlari mazkuro‘yinlarida kamida bittadan gol urganlar.
5. Jermeyn Defo Villash-Boashning o‘yin uslubiga juda mos tushmoqda
Yangimavsum boshlanishidan oldin matbuotda «Tottenxem» Jermeyn Defo bilanhayrlashishga tayyor degan xabarlar chiqqan edi. Ha biz esa bu xabarlargaishongandk, ahir hujumchi hozirda 30 yoshga chiqqan va so‘nggi mavsumlarda ulondonliklarning zaxira futbolchisiga aylandi. Balki Defo o‘zi etakchilik qilaoladigan klub safiga o‘tib ketishi kerakmidi (ularning orasida Premer-ligayangi jamoasi «Reding» ham bor edi, «shporlar» bu turda aynan mana shu klubbilan to‘qnash kelishadi), hozirda bo‘lsa u yagona hujumchi sifatida yangiqurilayotgan jamoa yuragi vazifasini uddalamoqda. Emmanuel Adebayor bilanbog‘liq muzokaralar ancha cho‘zildi, biroq baribir ular muvaffaqiyatliyakunlandi, Rafa Van der Vaart bo‘lsa Germaniyaga qaytib ketishni lozim debtopdi, Andre Villash-Boash bo‘lsa yangi klubidagi yangi mavsumini Jermeyn Defobilan boshladi, aynan mazkur hujumchi uning jamoasi o‘tkir hujum chizig‘initashkil etdi.
Defobo‘lsa darhol yangi murabbiy va yangi taktikada o‘zini juda yaxshi hisqilayotganini isbotlab qo‘ydi. Xarri Rednapp ham uni asosiy hujumchi sifatidako‘rar edi, biroq endi Jermeynning raqib jarima maydonidagi qilayotgan ishlari,himoyachilarni aldashlari va kiritgan uch goli uni naqadar Villash-Baoshjamoasi uchun ahamiyatli futbolchiga aylanib borayotganini bizga anglatadi.Bundan tashqari Defo avvaldan Premer-liganing eng zo‘r goleadorlaridan biribo‘lib kelgan, ammo uning qizg‘anchiq ekani bor gap va bu uning kam sonlikamchiliklaridan biri. U darvozani umuman imkoniyat yo‘q joylardan ham ishg‘oleta olishini bilamiz, biroq baʼzi vaziyatlarda u zarba berishni cho‘zadi vayaxshi-yaxshi vaziyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Aynan mana shu plyus va minustaraflarni hisoblab chiqqan Andre Villash-Boash yuz foiz amin bo‘lgan holdaDefoni asosiy tarkib futbolchisigsha aylantirdi, mazkur hujumchi bo‘lsa shungayarasha javob qaytardi va jamoasi foydasiga gollar urishni boshlab yubordi.
6. Britan murabbiylari o‘zga yurt vakillarini yutishlari doimo qiyin
«Tottenxem»ningAndre Villash-Boash qo‘l ostidagi birinchi g‘alabasi futbol statistikasi bilanshug‘ullanadigan mutaxassislar qalamini yanada tebratib yubordi. «Shporlar»uchun omadli chiqqan «Reding»ga qarshi bahs Angliya futboli haqida yozadiganbarcha jurnalistlar eʼtiborini o‘ziga qaratdi. Andre Villash-Boashni o‘yintaktikasi jihatdan va uch himoyachi bilan g‘alabali o‘yin tashkil eta olganiuchun maqtashdi, Aaron Lennonning himoyachilarni engil tarzda ortda qoldirishi,va shu kabi holatlar, ammo esdan chiqarmang, bu «Reding» edi holos, shunchakiPremer-Liga debyutantlari.
AmmoPol Lambertning «Aston Villa»dagi erishgan birinchi g‘alabasi futbol olamidao‘zgacha bir katta voqelik sifatida kutib olinmadi, ular juda moxirlik bilanmavsum boshida barchaning eʼtiborini o‘ziga tortgan «Suonsi»ni mag‘lub etaolishdi. Dushunba kuni bo‘lsa «Everton» jamoasi Devid Moyes qo‘l omtida va «Nyukasl»jamoasi Alan Pardyu qo‘l ostida bizga haiqiqiy Angliyacha spektakl namoyishetib berishdi, bu o‘yinda britancha futbol, ishtiyoq manbai, texnika vataktikaga asosilangan futbol, ajoyib taktika va ajoyib taktikaga qarshi boshqataraflama ajoyib taktikalar jangi guvohi bo‘ldik. Angliya terma jamoasininghozirgi bosh murabbiyi Roy Xodjson o‘zining so‘nggi bergan intervyularidanbirida quyidagi fikrlarni bildirdi: «Juda ham ko‘plab murabbiylar yig‘ilishi vamaxsus kurslarda boshqa millat vakillari bilan ko‘p to‘qnash kelishimga to‘g‘rikeladi va ularga har safar britaniyalik murabbiylar boshqa davlatmutaxassislaridan kam ham emas, ko‘p ham emaslar degan iborani aytishdancharchamayman». Ammo o‘zga yurt vakillari bizning futbolimizda yashashda davometishadi, bu yaxshi, sababi portugaliyalik yosh murabbiylar eng zo‘rlarisanalishadi, ular bizning yoshlarimizni shug‘ullantirishlari nafaqatfutbolchilarni, balki murabbiylarni ham rivojlanishga undaydi.
7.Dimitar Berbatov «Fulxem»ga ko‘p narsa bera oladi
Myunitark etgandan keyin ham futbolchilik faoliyati muvaffaqiyatli davom etgano‘yinchilarni juda va juda kam ko‘rganmiz, Patris Evra ham Dimitar Berbatovniketishidan oldin ogohlantirgan edi, biroq Dmitar Berbatov o‘sha kam sonliomadli futbolchilar sirasiga kiradiganga o‘xshab bormoqda. Ser Aleks Fergyusonso‘nggi vaqtlarda bolgariyalik hujumchidan mamnun ekanini bildirgan edi,shuncha urinishlardan so‘ng u baribir bu yozda ikki mavsum oldingi to‘purarfutbolchisini qo‘yib yubordi. Juda katta ko‘lamli variantlardan so‘ng Berbatov «Fulxem»nitanladi. Barcha mutaxassislar Dimitar hujumni yakunlashda benazir iqtidorsohibi ekanini va uni Italiya chempionatia juda mos tushishi mumkin ekaninijuda ko‘p bora taʼkidlashgan edi, ammo bolgariyalik qaxramonimiz na Italiya, naIspaniya, na Rossiyaning „“Anji” klubiga yo‘l oldi, u uzoqqa ketishni istamadiva Londonga bilet sotib olib qo‘ya qoldi.
«VestBromvich» bilan o‘yinda «dalachilar» juda sifatli o‘yin namoyish etishdi –himoya raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, yarim himoya bo‘lsa raqibhimoya chizig‘ini to‘xtovsiz qurshovda ushlab turdi, Piter Odemvingeningkrosslari bo‘lsa butun jamoani ortda qoldirishga qodir bo‘ldi. Ammo «Fulxem»ningbu ustunligini rasmiylashtirish aynan Berbatovning qo‘lidan kelishini barchamizbilamiz. U Martin Yol bilan juda yaxshi tanish, shu sabab gollandiyalikmutaxassis bolgariyalik hujumchining eng yaxshi taraflarini ocha olishigaishonsak bo‘laveradi. «Vest Bromvich»ga qarshi kechgan bahsda Berbatov qo‘lidankelgan barcha ishni maydonda ko‘rsata bildi – doimiy ravishda raqib jarimamaydoni ichida va tashqarisida katta havf solib turdi, uning jamoadoshlaribo‘lsa uncha ham mazkur hujumchini to‘p bilan taʼminlash borasida yaxshi ko‘rsatkichlarqayd etishmadi. Aytishlaricha bu o‘yin uslubi hozirgi zamonaviy futbolgaeskilik sarqitlari ekan, ha hozirda «aldamchi to‘qqizlik» taktikasi modada,ammo «Fulxem» darajasidagi o‘rtamiyona klublar yuqori saviyada o‘ynaydimi,pastmi, yangicha yoki eskicha uslubmi farqi yo‘q, ularg g‘alaba va ilojiboricha yuqoriroq o‘rin kerak». Mayli, Berba baʼzi gollarini penaltidan urar,ammo dubl «dalachilar» muxlislariga hujum chizig‘i borasidagi xotirjamliknitaqdim eta oldi.
Shubilan Premer-liga 4-turida maxsus tayyorlagan navbatdagi taxliliy maqolamiz hamyakunlandi. o‘ylashimcha Charm to‘p mamlakatida so‘nggi turda sodir bo‘lgan engmuhim voqeliklar bilan sizni batafsil tanishtirib chiqdim.
Angliyafutbolidan xabardor bo‘lishdan to‘xtamang, zero sayyoramizdagi eng kuchlibirinchiliklar haqidagi xabarlarni va taxliliy maqolalarni siz aziz futbolmuxlislariga saytimiz etkazishda davom etaveradi.
Javoxirbek/ www.fk.uz
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.