«Qizil iblislar»ning 70 yoshli ustozi Ser Aleks Fergyuson Brendan Rojers shogirdlarining bu mavsumda Premer ligada ECHL uchun yo‘llanma beradigan 4 o‘rindan biriga egalik qilish imkoniyatlari juda ham pastligini aytib o‘tdi: «Liverpul»ga kuchli to‘rtlikka kirish juda qiyin bo‘ladi. Chunki hozir ularda murabbiy va muhit yangi, unga moslashish uchun vaqt kerak. Kuchli to‘rtlikka kiradigan jamoalarning nomini aniq desak ham bo‘ladi:
«Chelsi» bu mavsumeni o‘tgan yilgiga qaraganda ancha sermazmun o‘tkazmoqda, «Arsenal» haqida ham xuddi shunday fikrlarni bildirish mumkin. Manchesterning ikki klubini esa aytmasa ham bo‘ladi. Menimcha, shu klublar kuchli to‘rtlikdan joy oladi. Bundan tashqari, albatta, «Everton» va «Tottenxem»da ham ishtiyoq katta, ulardan ham ko‘p narsa kutish mumkin».
Shotlandiyalik mutaxassis mersisaydliklar 39 yoshli murabbiyi haqida ham qisqacha gapirdi: «Men uni klubni qay darajada o‘zgartira olishi haqida bir narsa deya olmayman. Agar o‘zgartiradigan bo‘lsa ham bu juda qiyin bo‘ladi. Murabbiy ekansan, o‘zingning shaxsiy falsafang, ishonching bo‘lishi lozim. Katta klubga bunday yoshda murabbiy bo‘lish juda qiyin».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.