Янгиликлар /

Fergyuson: Shelvi meni ayblashga urindi

Мақола нашр қилинди

«Liverpul» yarim himoyachisi Jonjo Shelvi qizil kartochka olib maydonnitark etayotganida «Manchester Yunayted» ustozi Ser Aleks Fergyusonga barmog‘inio‘qtalib, o‘zining qizil kartochka olishida uning aybi borday harakat qilgandi.Shotlandiyalik mutaxassis o‘yindan keyin BBC ga bergan intervyusida bu haqidato‘xtalib o‘tdi:

«Shelvining qizil kartochka olib, maydondan chetlatilishihaqli bo‘ldi. Chunki u juda xavfli o‘yin ko‘rsatgandi. Men Jonni Evans to‘pgaborayotgani ko‘rdim, hakam ortiqcha qaror qabul qildi deb o‘ylamagandim. Shelviesa maydondan chiqib ketayotib, meni aybdor qilib ko‘rsatganday bo‘ldi, go‘yokimen hakamning qaroriga taʼsir ko‘rsatdim. Futbolchi o‘z xatti-harakati uchuno‘zi javobgar, bu haqida savol bo‘lishi mumkin emas».

Tajribali mutaxassis «Enfild Roud»da qo‘lga kiritilgan g‘alabadan ko‘nglito‘lmaganligini ham eʼtirof etdi: «Bu o‘yinda biz ajoyib natijaga erishdik,lekin yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Birinchi bo‘limda «Liverpul» to‘liqustunlikka ega bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa biz, albatta, ularning 10 kishibo‘lib qolishi ham o‘yinga o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. g‘alaba o‘z nomi bilan g‘alaba. Biz undanxursandmiz, o‘yin sifatidan emas», deydi Ser Aleks Fergyuson.

manba / stadion.uz

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.