The Daily Mail nashrining yozishicha, klub Nemanya Vidichni uzoq muddatga yuqotganidan so‘ng, yana bir zarbani qabul qildi.
Bu safar Karrington bazasini Antonio Valensia jarohat bilan tark etdi. Ekvadorlik futbolchi «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda orttirgan o‘ng oyog‘idagi jarohat tufayli bazani maxsus bandaj bog‘lagan holda tark etgan.
Ushbu jarohat «Liverpul» bilan o‘yinda penalti ishlangan holatda yuzaga kelgan. Valensianing orqasidan Glen Djonson tashlangan va bu oxir oqibat jarohatga olib keldi. Hozirda futbolchining qancha muddatga safga chiqqanligi maʼlum emas
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.