Янгиликлар /

Yanuzayga 12 davogar

Мақола нашр қилинди

Belgiyaning Voetbal Nieuws portalining xabar berishicha Adnan Yanuzay «Yunayted» bilan o‘tgan haftada uzoq muddatli shartnoma imzolangan edi.

Ushbu shartnoma imzolanishga qadar futbolchiga yevropaning 12 jamoasi qiziqish bildirgan.

Dastlab Belgiyalik yosh futbolchi uchun «Yuventus», «Milan», «Napoli», «Roma» va «Fiorentina» jamoalari qiziqish bildirgan,deya xabar bergan Voetbal Nieuws. So‘ngra esa Ispaniyaning «Real» va «Barselona» jamoalariham qo‘shilgan. Shuningdek «Arsenal», «Manchester Siti», «Chelsi», Dortmundning «Borussiya» va «PSJ» jamoalari ham futbolchi uchun davogarlar qatoriga qo‘shilishgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli yarim himoyachi «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibida o‘tkazgan so‘ngi ikki uchrashuvda uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. «Manchester Yunayted» da hozir qiyin vaziyat bo‘lishiga qaramay futbolchi jamoa bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.