Янгиликлар /

Runi: Biz bu kunni uzoq kutgandik

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Manchester Siti» ustidan qozonilgan 16-turdagi g‘alabaahamiyati haqida gapirdi.
«Bu biz uchun juda katta kun bo‘ldi, endi «MYu»ning eng yaqin raqibi bilan o‘rtasidagifarqi olti ochkoni tashkil qiladi. Biz bu kunni uzoq kutdik va bu g‘alabaning ahamiyatinaqadar muxlislarimiz uchun yuqori ekanini bilamiz.
O‘yin so‘nggida van Persi uncha ham qulay bo‘lmagan nuqtadan jarima zarbasi tepishigato‘g‘ri keldi, biroq u haqiqiy professional va uning qo‘lidan bu jarima to‘pinitepish kelar edi. Baxtimizga, Robin to‘pga aniq zarba berdi.
Mazkur stadionda gol urganimdan mamnunman, biroq «Yunayted» safida gollar kiritayotganimbu undanda katta baxt. «Siti» xisobida ajoyib uy uchrashuvlaridagi seriya bor edi,ularni bu seriyasini yo‘qqa chiqarganimiz zo‘r bo‘ldi.
Huddi butun mavsum shu o‘yinga bog‘liqdek tuyuldi va biz oxirigacha kurasha oldik»,– deydi Runi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.