Янгиликлар /

The class of `92 - 2 dekabrda namoyish etiladi

Мақола нашр қилинди

2 dekabr kunidan boshlab britaniya kinoteatrlarida «Sinf-92» (The class of 92) deb nomlangan hujjatli film ekranlarga chiqadi. Film «Manchester Yunayted» jamoasi akademiyasi tarixidagi iqtidorli bitiruvchilari hayotiga bag‘ishlangan.

Fullwell 73 kino kompaniyasi tomonidan suratga olingan filmda akademiyaning afsonaviy bitiruvchilari – Devid Bekxem, Niki Batt, Rayan Giggz, Pol Skoulz, Gari va Fil Nevillar ishtirok etishgan.

Fullwell 73 kompaniyasi xabariga ko‘ra film dastlab London va Manchester shaharlarida namoyish qilinadi. Kelasi haftada esa filmning namoyish ko‘lami haqida batafsil maʼlumot berilishi kutilmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.