«MYu» yarim himoyachisi Rayan Giggz Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Real Sosedad»ga qarshi kechgan o‘yin borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bugun biz o‘yinni nazorat qilib turdik. Ikki, uch marta gol urish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldik. O‘yinimizdan xursandmiz, ammo natijadan ko‘nglimiz to‘lmadi.
Ammo uydagi o‘yinlarning barchasida g‘alaba qozonsak va mehmondagi uchrashuvlarda durang natijaga erishsang, oldinga yurish imkoni bo‘ladi. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz», — deydi Giggz
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.