Sports.ru portalining xabar berishicha Moskvaning «Spartak»jamoasi yangi o‘yingohining ochilishi munosabati bilan «Manchester Yunayted» jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida muzokaraga kirishgan.
«Spartak» jamoasi «Old Trafford» ga ushbu masala yuzasidan rasmiy taklif bilan chiqdi. Ikki narsa ushbu o‘yinni o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin: biri ushbu o‘yinni o‘tkazish uchun Angliya chempionlari rahbariyati 3 million yevro so‘rashi mumkin bo‘lsa, ikkinchi sabab esa o‘yinning sanasi yani o‘yin JCh-2014 bahslari yakunidan 11 kun o‘tib bo‘lishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz,«Spartak» jamoasining yangi o‘yingohi ochilishi 2014 yil 24 iyul kuniga belgilangan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.