The Mirror nashri xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati «Old Trafford» stadionini o‘zgacha zamonaviy arxitektura bilan uyg‘unlashtirilgan xolda taʼmirlashni loyihasini ko‘rib chiqmoqda.
Loyihaga ko‘ra Stadionning tom qismida o‘ziga hos ko‘rinishga ega bo‘lgan muhlislar uchun mo‘ljallangan maydon tashkil qilish ko‘zda tutilgan.
Loyiha muallifi mashhur arxitektor Kristofer Li. U jahonning 30 ga yaqin mashhur o‘yingohlarini loyihalarida ishtirok etgan. O‘yingohning yangi infrastrukturasi qachondan boshlab ishga tushishi tez kunlarda eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.