Янгиликлар /

Germaniyada kutilmagan xodisa

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi joylashgan Monarch Airbus 321 avialayner Germaniyaga qo‘nish vaqtida kutilmagan xodisa ro‘y berdi.

185 o‘ringa mo‘ljalangan Monarch Airbus 321 avialayneri aeroportga qo‘nishiga 400 metr masofa qolganda qo‘nish yo‘lakchasida boshqa bir samolyot paydo bo‘lgan. Natijada samolyot uchuvchisi tezlik bilan yuqoriga ko‘tarilishga majbur bo‘lgan. Oradan 10 daqiqa o‘tgach jamoa joylashgan samolyot eson-omonlikda qo‘nishga musharraf bo‘lishgan.

Rio Ferdinand o‘z rasmiy tvittirida quydagicha fikr bildirgan: «Germaniyaga qo‘ndik… va nihoyat. Juda asabiy qo‘nish bo‘ldi… ».

«Yunayted» ning boshqa o‘yinchilari bu haqiqa Manchester Evening News nashri muxbiriga quydagilarni aytib o‘tishdi: «Bu juda daxshatli bo‘ldi. Samolyot kapitani passajirlardan uzr so‘radi va biz osonlik bilan yerga qo‘ndik»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.