«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson jamoaning sobiq futbolchisi Bill Foulksning o‘limidan qattiq taʼsirlandi.
— Bu xabar eshitish men uchun og‘ir bo‘ldi. Kechagina Kardiffga ketayotib Bobbi Charlton bilan Bill haqida gaplashgandik. U rostdanam haqiqiy inson va jonkuyar futbolchi bo‘lgan. Uning hayoti juda ajoyib tarzda o‘tdi. Bill jamoa tarixida qolishga arziydigan mehnat qildi, ayniqsa, Myunxendagi fojeadan keyin, — deya Fergyuson so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «MYu» rasmiy sayti.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.