Янгиликлар /

Yang: Qarorni hakamlar qabul qilishadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Eshli Yang simulyasiyalar borasidagi ayblovlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

«Simulyasiyalar borasidagi ayblovlar haqida hech narsa deya olmayman. Bu savolni hakamlarga berish kerak. Axir ular jarima to‘plari va penaltilar belgilashadi. Men turli nashrlardagi sarlavhalar va bahslarga ahamiyat bermayman. Nimalarnidir muhokama qilish – OAVning ishi. Odamlar o‘z fikrlarini bildirish huquqiga egalar».

«Qarorlarni hakamlar qabul qilishadi – bu borada faqat shuni ayta olaman. Avvalgi va hozirgi murabbiylar bu mavzuni jamoada muhokama qilishardi, ammo bu gaplarning barchasi jamoa ichida qolishi kerak. Men bu gaplarni tashqariga olib chiqmoqchi emasman», — deydi Yang
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.