Янгиликлар /

Moyes Madridga tashrif buyurdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes «Atletiko» – «Portu» bahsiga (2:0) tashrif buyurdi.

50 yoshli mutaxassis madridlmklar yarim himoyachisi Kokeni o‘yinini kuzatib bordi. «Atletiko» Moyesga VIP-sektordan joy ajratib berdi, bundan tashqari Devid jamoaning sport direktori Xose Luis Kaminero bilan ham gaplashdi.

«Taxminimcha, Moyes bizning o‘yinimizni ko‘rgani kelgan, ahir biz ham ChLda 1/8 final bosqichiga chiqdik. Biz suhbat qurdik, biroq u nima maqsadda kelganini aytmadi», – deydi Kaminero.

«Devid Moyes uchrashuvga tashrif buyurganini bilmagan edim. Nima bo‘lgan taqdirda ham, meni bu tashvishga solmaydi, men yaqinda shartnomamni uzaytirdim», – deydi Koke.

Eslatib o‘tamiz Koke hozircha ushbu mavsumda 3 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.