«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi jamoa rahbariyatining u bilan shartnomani uzaytirish borasidagi taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda Goal.com xabar tarqatgan.
Hujumchining mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasi 2015 yil yozida yakuniga yetadi. «Qizil iblislar» uni yana 4 yil o‘z saflarida ko‘rishni istashmoqda. Ammo futbolchining o‘zi ham, uning agenti ham muzokaralar o‘tkazishga ko‘nmayapti. Runi jamoadandan ketmoqchi ekanini ham inkor qilmayapti va yevropaning top-klublaridan takliflar kutmoqda.Mavsumda Runi Robin van Persi bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Ularning hisobida 10 tadan gol bor
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.