Янгиликлар /

Evans: Ishonch biroz yo‘qolgan

Мақола нашр қилинди

«MYu» himoyachisi Jonni Evans jamoa o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ygan deb hisoblaydi. Xabaringiz bor, Devid Moyes shogirdlari so‘nggi ikki turda bir xil — 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Shubhasiz, o‘yinchilarda ishonch biroz yo‘qolgan. Aytish mumkinki, to‘p nazoratini raqibga berib qo‘yyapmiz, kreativlik yo‘q. Futbolchilar endi o‘z imkoniyatlari darajasida o‘ynay olmayaptilar. O‘zingga bo‘lgan ishonching yo‘qolsa shunday bo‘ladi.

Odatda «Old Trafford»da to‘p o‘tkazib yuborsak, javob qaytarish niyatida raqibga juda kuchli bosim o‘tkazamiz. Ammo ishonch va yaratuvchanlik kayfiyati yo‘qligi sabab hozir bu qo‘limizdan kelmayapti. Keskinlik yetishmayapti. To‘p bilan muomala qilishda pala-partishliklar bor. Bular o‘tgan bahsda «Nyukasl»ga o‘yinni nazorat qilish imkonini berdi.

Angliya chempionatida g‘alaba qozonish har doim qiyin. Bizda esa allaqachon 5 ta mag‘lubiyat bor. Bu qo‘yilgan vazifani bajarishni anchagina qiyinlashtirmoqda. Ammo biz professionallarmiz va oxirigacha kurashamiz», — dedi Evans
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.