Янгиликлар /

Moyes: Endi rotatsiya haqida o‘ylasak ham bo‘ladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes Chempionlar ligasi bahslarida «Shaxter»ga qarshi kechadigan bahs borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz o‘yinimizni yaxshilash uchun har bir imkoniyatdan foydalanishimiz lozim. Buning ustiga Chempionlar ligasi guruh bahslarini birinchi o‘rin bilan yakunlash imkonini qo‘lga kiritishga yaqinmiz. Bu holat bizga katta ustunlik beradi, ikkinchi o‘yin o‘z uyimizda o‘tkaziladi.

Biz guruhda birinchi bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bizni hyech kim mag‘lub eta olmadi va biz guruh bosqichini mag‘lubiyatsiz yakunlashni istaymiz.
Biz keyingi bosqichga chiqib bo‘lganmiz va endi rotatsiya haqida o‘ylasak ham bo‘ladi», — deydi Moyes
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.