«Manchester Yunayted» jamoasi markaziy yarim himoyachisi Maykl Kerrik jamoasi hali chempionlik uchun kurash olib borishini taʼkidlab o‘tdi.
«Qishki o‘yinlar — ligada qanday o‘rinda bo‘lishingdan qat\'iy nazar, juda muhim ahamiyat kasb etuvchi vaqt. Bu vaqt oralig‘ida ko‘p narsalarga erishish mumkin. Tezda yuqoriga ko‘tarilish ham, pastga tushib ketish ham mumkin.
Bizning futbolchilarimiz va murabbiylarda katta tajriba bor. Biz birga ishlashda davom etamiz va umid qilamanki, yaxshi natijalarga erishamiz. Chempionlik kurashi hali oldinda. Bu yil birinchi o‘rin uchun ko‘p jamoalar kurashmoqdalar va ular orasidagi farq juda kichkina. Biz hali kurashda davom etamiz», — deydi Kerrik.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «qizil iblislar» musobaqa jadvalida 8-o‘rinni egallab turishibdi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.