Янгиликлар /

Runi: Biz buni uddalay olamiz

Мақола нашр қилинди

Ueyn Runi o‘z intervyusida «Manchester Yunayted» bor kuchi bilan chempionlik uchun kurashishi kerak ekanini aytdi.

«Klubimiz tarkibidagi har bir futbolchi o‘z maksimum imkoniyatlarini ishga solishi kerak. So‘nggi vaqtlarda biz kerakli darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatmadik, biroq jamoa o‘z irodasini ishga solib, amaldagi chempion qanday o‘ynashi kerakligini ko‘rsatib qo‘yishi kerak. Umid qilamanki, biz buni uddalay olamiz va muvaffaqiyatga erishamiz», — deydi Ueyn Runi.

«Hozirda ajoyib sport formasidaman deb o‘ylamayman. Eng asosiysi – bu jamoa. Agarda u omadsizlikka uchrasa – men ham mamnun bo‘la olmayman va buning aksi ham. Biz o‘z yo‘limizga tezroq tushib olmog‘imiz darkor. Musobaqa jadvaliga qarash biz uchun juda og‘ir. O‘ylashimcha, ayna shu jadval bo‘lajak mexnatlarimizning rag‘batlantiruvchi omili bo‘lib xizmat qiladi»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.