«Manchester Yunayted» jamoasi «Everton» yarim himoyachisi Ross Barkli uchun 50 million funtdan voz kechishga tayyor.
Ushbu mavsum, 20 yoshli xavbek Premer-liganing 18 uchrashuvida ishtirok etib, uchta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shuning evaziga u «MYu» rahbariyatining eʼtiborini o‘ziga jalb qildi. Aynan Barkli «qizil iblislar»ning bosh transfer maqsadiga aylandi.
Yaqindagina «iriskalar» ustozi Roberto Martines Barklidan xatto 86 million funt evaziga voz kechmasligini aytdi. Ammo, britan matbuotining taʼkidlashicha, «Everton» agarda yirik qiymatli taklif kelib tushsa uni ko‘rib chiqadi>
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.