Янгиликлар /

«MYu» Velkov bilan shartnoma imzolaydi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi «Slaviya» (Sofiya) jamoasining 17 yoshli bolgar himoyachisi Stefan Velkov bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Manchesterga tashrif buyurgan. Angliya chempionlari futbolchining tarsferi borasida Bolgariya jamoasi bilan hali biror to‘xtamga kelishgani yo‘q.

Velkovga xozirgi kungacha yevropaning bir qator grand jamoalari qiziqish bildirishgan edi. Futbolchining o‘ziga esa «Old Trafford»da o‘ynash maqul kelgan.

Londonning «Arsenal» va Turinning «Yuventus» jamoalarifutbolchi uchun bir necha marotaba taklif bilan chiqishgan edi.

Velkov markaziy yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynaydi. 17 yoshli futbolchining bo‘yi 1,91 metr. Ushub mavsumda futbolchi «Slaviya» jamoasi tarkibida 21 uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib 1 bora raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Shuningdek Stefan Bolgariyaning 21 yoshlilar terma jamoasi azosi ham hisoblanadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.