Янгиликлар /

Runi jarohatidan tiklanib qaytdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliyaga Misrdanbir necha kunlik tiklanish mashg’ulotlarini o’tkazib qaytdi.

Yaqin soatlarichida hujumchi tibbiy ko’rikdan o’tadi, shundan so’ng Runining APL 22-turidan o’rinolgan «Chelsi»ga qarshi uchrashuvdagi ishtiroki borasida qaror qabul qilinadi.

«MYu» bosh murabbiyiDevid Moyes Runini yakshanba kungi uchrashuvda ishtirok etishiga juda katta umidbog’lagan, sababi Robin van Persi hamon sonidagi jarohati sabab maydonga tusha olmayapti,deya xabar beradi Goal.com nashri.

Aytish joizki, Runi Sharm-el-Sheyxda «Manchester Yunayted»ningbir nechta shifokorlari nazorati ostida jarohatidan tiklandi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.