Янгиликлар /

Mateya Kejman: Vidich «MYu»da qolmoqchi

Мақола нашр қилинди

Serbiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mateya Kejman NemanyaVidichning «MYu»da qolmoqchi ekanini ta’kidladi.

«Vidich judayaxshi futbolchi va mening do’stim. Men u bilan ikki oy oldin gaplashgandim va«MYu» bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekanini aytgandi.

Ularning o’rnidabo’lganimda Vidichni jamoada olib qolgan bo’lardim. Unda etakchilik qobiliyati bor.U yosh futbolchilarni tarbiyalash uchun ham «MYu»ga kerak»,- deydi Kejman.

Vidichning shartnomasi 2014 yilda o’z nihoyasiga etadi.Unga ayni vaqtda «Monako» va «Yuventus» qiziqish bildirmoqda.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.