Янгиликлар /

«MYu» Lukas Moura bilan qiziqmoqda

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi «PSJ» yarim himoyachisi Lukas Moura bilan qiziqmoqda.
Mankunianliklar bosh murabbiyi Devid Moyes «PSJ» va «Bordo» o‘rtasidagi uchrashuvda braziliyalik futbolchining o‘yinini shaxsan kuzatgan va endi futbolchini sotib olishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, parijliklar Moura uchun 30 million funt talab qilishlari kutilmoqda. Biroq «MYu» bu talabdan cho‘chimayapti va talab qilingan mablag‘ni bermoqchi. Shu bilan birga Mouraga ham haftasiga 120 ming funt maosh taklif qilinadi.
Shuningdek, Devid Moyes jamoa o‘yinini barqarorlashtira oladigan yarim himoyachi qidirmoqda va eʼtiborini «Napoli» futbolchisi Marek Xamshikka qaratdi.
«MYu» bir necha nafar skautlari Italiya Kubogi doirasida «Napoli» va «Atalanta» klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvni kuzatib borishgan. Har bir mutaxassisning alohida bergan tahlil va kuzatuvlariga asoslanib jamoa yakuniy qaror chiqaradi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.