Янгиликлар /

Van Persi: Biz Moyesga ishonamiz

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Robin Van Persi jamoa ustozi Devid Moyesni qo‘llab-quvvatladi.«Qizil iblislar» boshchiligidagi o‘zining birinchi mavsumida Moyes Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi, jamoani Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga olib chiqdi va Liga Kubogining yarim finaligacha bordi. Biroq Devid hamon katta bosim ostida turibdi va ko‘plab tanqidlar ostida qolib ketmoqda.«Chelsi»ga qarshi yakshanba kungi uchrashuvni o‘tkazib yuboradigan Van Persi Moyesning Premer-Ligadagi holatni yaxshilashiga ishonishini aytdi.«Moyesga vaqt kerak, u bu yerda yangi inson. Murabbiyimiz bizning sardorimiz sanaladi, u vaziyatni o‘zgartira oladi».«Bu mavsumda biz juda ko‘p ochkolar yo‘qotdik, biroq biz barchasini to‘g‘irlashga umidvormiz».«Biz g‘alaba qozonishga o‘rganib qolganmiz. Agarda sen g‘olib bo‘lsang, bu sen uchun oddiy kundek o‘taveradi. Angliya Superkubogini yutib olganimizdan so‘ng futbolchilar katta xursandchilik qilishmadi, baland musiqa qo‘yishmadi, huddi bu oddiy holatdek», — deydi Van Persi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.