Янгиликлар /

Vidich: Moyes aybdormi?

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» himoyachisi Nemanya Vidich «Chelsi»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng chempionlik kurashidan chiqib ketganlarini tan olishga majbur bo‘ldi.«Biz yetakchilardan juda ortda qolib ketdik va endi uchinchi, to‘rtinchi o‘rinlar uchun kurashishga majburmiz. Nima bo‘lganda ham ijobiy hissiyotlarni saqlab qolish lozim, bugun biz yomon o‘ynamadik. Biz uchta zarab berdik va bizni xatolarimiz uchun jazolashdi».«Oson bo‘lmasligi aniq, ammo biz endi yeChL uchun kurashishimiz kerak. Umid qilamanki omadimiz keladi va biz bu vazifani bajarishga muvaffaq bo‘lamiz».«Moyes aybdormi? Faqat shunga e’tibor berib qolmaslik lozim. Futbolchilar bu haqida gapirishdan charchadilar. Chunki murabbiy qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Bugun biz taktik jihatdan yaxshi o‘yin namoyish qildik», — deydi himoyachi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.