Янгиликлар /

Karrik:Bizni katta uchrashuv kutib turibdi

Мақола нашр қилинди

Maykl Karrikning fikriga ko‘ra «Stemford Bridj» da bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Yunayted» jamoasi «Chelsi» ga qaraganda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. Biroq yakuniy zarbalarda biroz omad yetishmaganligini ta’kidlab o‘tdi. «Birinchi bo‘limda biz ko‘proq o‘yinni o‘z qo‘limizda ushlab turdik. O‘tkazib yuborilgan ikkinchi to‘p bizga qattiq zarba bo‘ldi. Tanafusdan so‘ng yana o‘yinimizni kuchaytirishga xarakat qildik. Avvalroq gol ura olganimizda uchrashuv boshqacha tarzda kechar edi. Uchinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng esa vaziyat butkul qiyinlashdi».«Standart vaziyatlarda biz kuchli himoyalanishimiz zarur edi. Afsuski mezbonlar ustunlik qilishdi».«So‘ngi oylarda muhlislarimiz bizni juda ajoyib tarzda qo‘llab quvatlashmoqda buning uchun ularga katta rahmat. Tez orada biz maydonga yana chiqamiz. Chorshanba kuni bizni yana bir katta uchrashuv kutib turibdi. Bu bizni finalga olib chiquvchi eng yaxshi imkoniyat. Biz bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmoqchi emasmiz».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.