Янгиликлар /

«MYu» Mataga xaridor

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi rahbarlari qishgi transfer so‘ngiga qadar jiddiy ravishda jamoani kuchaytirish ustida bosh qotirmoqda.

Britaniya OAV lari xabariga ko‘ra «Qizil iblislar» jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida eʼtiborni asosan ikki futbolchiga qaratgan. Ulardan biri so‘ngi vaqtlarda asosan vaqtini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazayotgan Londonning «Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Xuan Mata bo‘lsa, ikkinchisi o‘zining ajoyib o‘yinlari bilan ko‘p jamoalarda qiziqish uyg‘otgan yarim himoyachisi Yoan Kabay.

Xabarlarga ko‘ra, «Aristokratlar» 25 yoshli futbolchi uchun 20 million funtdan kam bo‘lmagan mablag‘ talab qilishmoqda.

«Nyukasl» esa o‘z futbolchisini yaqin orada sotish niyati yo‘qligini bildirgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.