«Manchester Yunayted» himoyachisi Fil Jons Angliya Ligasi kubogining yarim finalidan o‘rin olgan «Sanderlend» jamoasiga qarshi o‘yin oldidan faqat g‘alaba uchun maydonga tushishi haqida aytib o‘tdi.
«Angliya Ligasi kubogi biz uchun hamisha muhim musobaqa bo‘lib kelgan. Biz har bir musobaqada g‘alaba qozonishni istaymiz. Natijaga erishish vaqti keldi. Biz finalga qadar yetib borishimiz shart».«Bizning muxlislarimiz ushbu mavsumda noxush damlarni boshdan kechirishmoqda. Ammo bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishyapti. Bu juda muhim. Biz hammamiz birlashishimiz kerak. Bu bizni kuchliroq qiladi», — deydi Jons.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.