Thye Daily Mirror nashrining xabar berishicha «Manchester Yunayted» yozgi transfer vaыtida birinchi bщlib jamoaga «Sporting» jamoasining tayanch yarim himoyachisi Vilyam Karvalyuni qo‘shib olishga yaqin turibdi. Xabarga ko‘ra jamoalar futbolchining transferi bo‘yicha yakuniy muzokaralar olib borishgan va futbolchining transferi uchun to‘lanadigan mablag‘ borasida kelishuvga erishishgan. 21yoshli portugaliyalik futbolchi «Old Trafford» ga JCh-2014 o‘yinlaridan so‘ng kelib qo‘shiladi. Futbolchining agenti esa kelasi haft davomida Karringtonga tashrif buyuradi va jamoa bazasi bilan tanishib chiqadi.Shuningdek xabarda aytilishicha «Yunayted» futbolchining transferi uchun 37 million funt mablag‘dan voz kechishga tayyor. Karvalyuga jahonning grand jamoalari «Real», «Barselona», «Chelsi», «Arsenal» va «Yuventus» ham qiziqish bildirishmoqda.
Янгиликлар /
«MYu» Karvalyu bilan yakuniy muzokaraga kirishgan
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.