Янгиликлар /

Van Persi 4-6 haftada maydonga qaytadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Robin van Persi JCh-2014ga tizza jarohatidan so‘ng tiklanishga ulgurish maqsadida, o‘z vatani Gollandiyaga ketdi.Daily Mirror nashrining ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni 30 yoshli futbolchini Rotterdamda hassa tayangan holda ko‘rishgan. Van Persi mahalliy kasalxonaga murojaat qilib, dunyoning eng mashhur jarrohlaridan biri — Reyn Xeyburning ko‘rigidan o‘tdi.Shunday qilib, endi Van Persining 4-6 hafta davomida maydonga tush olmaydi.Eslatib o‘tamiz, dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra futbolchi tez orada safga qaytishi mumkinligi aytilgan edi. Lekin o‘tkazilgan navbatdagi tekshiruvda futbolchi jiddiy jaroxat olgani tasdiqlandi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.