Янгиликлар /

«MYu» nishonida Aleks va Kuadrado

Мақола нашр қилинди

«PSJ» jamoasi himoyachisi Aleks «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi. 31 yoshli himoyachi amaldagi shartnomasi yakunlangach faoliyatini «Milan»da davom ettirishga yaqin turgandi.

Ammo «PSJ» futbolchiga yana bir yillik shartnoma taklif qilib, uni jamoada olib qolmoqchiligini bildirgan. Shu bilan bir qatorda, futbolchiga Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasidan ham taklif tushmoqda. Qaysi jamoani tanlashni Aleksning o‘zi hal qilishi kerak bo‘ladi.

Shuningdek «Manchester Yunayted» jamoasi «Fiorentina» jamoasi hujumchisi Xuan Kuadrado bilan qiziqmoqda, deya xabar beradi calciomercato.com.

Mazkur amalga oshishi mumkin bo‘lgan transferga mankunianliklar florentinaliklar safida ijara asosida to‘p surayotgan Andersonni qo‘shishga tayyorlar.

Eslatib o‘tamiz, yaqinlashib kelayotgan yozda manchesterliklar safini Chicharito tark etishi mumkin, Kuardo bo‘lsa meksikalik futbolchiga o‘rinbosar bo‘lishi kutilmoqda.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.