Янгиликлар /

Moyes: Runi kelasi mavsumdan jamoa sardori

Мақола нашр қилинди

«MYu» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes kelasi mavumda jamoaning sardori Ueyn Runi bo‘lishini aytib o‘tdi.Hozirda jamoaga sardorlik qilayotgan Nemanya Vidich kelasi mavsumdan Milanning «Inter» jamoasi safiga borib qo‘shiladi. Shu munosabati bilan jamoaga kelasi mavsumdan boshlab Runi sardorlik qilishi ko‘zda tutilmoqda. «Runi taqlid qilishga arziydigan futbolchi deb ko‘rsatish mumkin. Uni jamoada sardorlik bog‘ichini taqishga loyiq futbolchilardan biri deb hisoblayman. Runi o‘zi ham jamoada sardorlikni bajarishga qarshi emas. Chunki u mas’uliyatdan qochmaydi», — deydi Devid Moyes.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.