Янгиликлар /

Ferdinand: Meni to‘g‘ri tushuning

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachisi Rio Ferdinand jamoa bu yil sovrinlarga loyiq emasligini aytib o‘tdi.«Men oxirgi o‘yinlarimizdan juda ham xijolatdaman. Bunday o‘yinlardan keyin odam ko‘chaga chiqishga yoki televizorni yoqishga ham uyalib qolarkan. Hattoki, bolalarimni maktabga ham olib borgim kelmayapti».«Xuddi odamlar menga boshqacha qarayotgandek tuyulyapti. Bu holat shaxsiy hayotimizga ham ta’sir o‘tkazmoqda. Hyech kim bu ahvolda yashagisi kelmayapti. Boshqa jamoalar sovrinlarni yutib olayotganini ko‘rish juda ham og‘ir. Axir biz o‘zimiz ham sovrinlarni qo‘lga kiritishga ko‘nikib qolgandik. Biz shuning uchun to‘p suryapmiz, axir».«Meni to‘g‘ri tushuning, «Manchester Yunayted» hamma sovrinlarni yutib olishi kerak, boshqalarning bunga haqqi yo‘q, degan ma’noda gapirmayapman bu gaplarni. Shunchaki bu mavsum biz sovrin yutib olishga arziydigan o‘yin namoyish qilganimiz yo‘q», — deydi Ferdinand.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.