Янгиликлар /

Byuttner: Aren juda yaxshi o‘yinchi

Мақола нашр қилинди

«MYu» jamoasi chap qanot himoyachisi Aleksander Byuttner «Bavariya» yarim himoyachisi Aren Robben bilan ertangi to‘qnashuvga tayyor.
«Bavariya» bilan uchrashuv oldidan o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchim juda yuqori. Roben nimalarga qodir ekanini yaxshi bilaman, biroq men u bilan to‘qnashuvga tayyorman.
Men uning o‘yinini o‘rganib chiqdim, shu sabab yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda undan nima kutishni bilaman.
O‘ylashimcha, agarda Robbenga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkaza olsam, bu kelajakdagi faoliyatimga katta yordam beradi. Aren juda yaxshi o‘yinchi, biroq men undan nima kutishni bilaman», — deydi Byuttner.
Eslatib o‘tamiz, Evra yig‘ilib qolgan sariq kartochkalari uchun ertangi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.